Uzum Bankning ustav kapitali 350 milliard soʻmgacha oshiriladi

eʼlon qilindi
Shu maqsadda 150 milliard so‘mlik aksiyalar chiqarildi
Foto: Uzum

Yagona korporativ axborot portali maʼlumotlariga koʻra, Uzum Bank qoʻshimcha kapitallashuv uchun 150 milliard soʻmlik aksiyalar chiqardi.

Qimmatli qogʻozlar Continent Arm Investments MChJda joylashtiriladi. Ushbu kompaniyaning taʼsischisi Uzum Holding Ltd hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda mamlakat banklari uchun ustav kapitalini bosqichma-bosqich oshirish joriy etilmoqda. Aprel oyining boshidan bu koʻrsatkich 350 milliard soʻmgacha boʻlishi kerak.

Oʻtgan yilning iyul-sentyabr oylarida Uzum Bankning sof foydasi 17,4 milliard soʻmga yetgan.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonliklar Uzum Bank ilovasidan muddatli toʻlovga xarid amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek