Boeing rahbari samolyotlar xavfsizligidagi muammolar sabab isteʼfoga chiqadi

eʼlon qilindi
Shuningdek, direktorlar kengashi raisi ham iste'foga chiqadi
Foto: RBK

Amerikaning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bosh direktori Deyv Kalxun «parvoz xavfsizligi inqirozi» tufayli isteʼfoga chiqishga qaror qildi. Avvalroq Boeing samolyotlarida birida parvoz paytida fyuzelyaj qobigʻining bir qismi yirtilib ketgan edi. Bloomberg nashri korporatsiya boshqaruvidagi oʻzgarishlar haqida maʼlum qildi.

Kalxun 2024-yil oxirida lavozimini tark etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, direktorlar kengashi raisi Larri Kellner qayta saylanishda qatnashmaydi, shuningdek, kompaniyaning tijorat samolyotlari boʻlimi rahbari Sten Dil ham isteʼfoga chiqadi.

Nashrning qayd etishicha, kompaniya rahbariyatining yuqori qismidagi oʻzgarishlar Boeing mijozlarining samolyotlar xavfsizligi bilan bogʻliq muammolardan dalolat beradi.

Yanvar oyida Alaska Airlines aviakompaniyasiga tegishli 737 Max samolyotining fyuzelyaj qismi uzilib tushgan edi. Bir necha yoʻlovchi jarohatlangan. Shundan soʻng, butun dunyo boʻylab ushbu rusumdagi samolyotlarini yetkazib berish toʻxtatilgan edi.

Shuningdek