Ushbu haftada dollarning qiymati ilk bor pasaydi

eʼlon qilindi
Uning o‘rtacha narxi bugun 12 590,00 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

26-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 7,07 so‘mga pasaydi va 12 590,00 so‘mni tashkil qildi.

Bugun moliya intitutlari AQSh valyutasini 12 525 – 12 570 so‘mdan xarid qilishmoqda. Fuqarolar esa dollarni 12 595 – 12 660 so‘mdan sotib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni dollarning o‘rtacha narxi 22 so‘mga ko‘tarildi. O‘sish dinamikasi 19-chi va 20-mart kunlari ham qayd etilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» 1-martdan 20-martgacha dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek