Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gonkongga qarshi bahs olib boradi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak o‘yinda mag‘lubiyatga uchramasa, rekordni takrorlashi mumkin
Rasm: O‘FA

Bugun, 26-mart kuni soat 19:30 JCh-2026 saralash bosqichini doirasidagi o‘yni Bunyodkor stadionida milliy terma jamoa Gonkongga qarshi to‘p suradi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yin O‘zbekiston safarda Gonkongni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatov gollar urishgan edi.

Aytish joizki, jamoamiz murabbiyi Srechko Katanes bugungi uchrashuvni sog’lig’idagi muammo sabab o’tkazib yuboradi. 

O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak o‘yinda mag‘lubiyatga uchramasa, rekordni takrorlashi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 11 o‘yinga yetkazishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek