Barcha kriptovalyutalar g‘oyib bo‘ladi, lekin guruch va shakarga bo‘lgan talab doimo saqlanib qoladi, dedi investor va Quantum Fund hammuassisi Jim Rojers.
«Ba’zi odamlar uchun kriptovalyutalar fantastika. Lekin men uchun emas, men ularda uzoq muddatli qiymatni ko‘rmayapman. Men odamlar amalda foydalanishi mumkin bo‘lgan haqiqiy narsalarning kelajagiga ko‘proq ishonaman. Guruchmi yoki shakarmi farqi yo‘q. Bilaman, guruchga har doim talab bo‘ladi. Shakar ham bozorlardan yo‘qolib ketmaydi. Lekin Bitkoin haqida shubhalarim bor», dedi u.
Uning fikricha, kriptovalyutalar hech qachon qimmatbaho metallar o‘rnini bosa olmaydi.
«Men hech qachon bitkoin sotib olmaganman, sotmaganman. Lekin menda juda ko’p oltin va kumush bor. Kriptovalyutalar hozir savdo qilish uchun yaxshi bo’lishi mumkin, ammo ularning barchasi bir kun kelib yo’q bo’lib ketadi. Ularning ko‘plari allaqachon g‘oyib bo‘lgan», — dedi Rojers.
Oʻzbekistonda har yili 100 ming gektardan ortiq maydonga sholi ekiladi va yetishtiriladi, aholi jon boshiga oʻrtacha 9,8 kg guruch yetishtiriladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda guruchning o‘rtacha bozor narxlari 70,1 foizga oshganini yozgan edi.