Mirziyoyev Namangan viloyatida iftorlik qildi

eʼlon qilindi
Nuroniylar bilan
Rasm: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir kun avval, 25-mart kuni Namangan viloyatida uyushtirilgan iftorlikda ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari ruhoniylar, oqsoqollar bilan suhbatlashdi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.

Bu savobli tadbir inson qadrini ulug‘lashga, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni mana shunday olijanob ruhda tarbiyalashga xizmat qiladi, – dedi prezident.

Kuchlilar – ojizlarga tayanch, saxovatpeshalar – muhtojlarga yordamchi, yoshlar – qariyalarga g‘amxo‘r bo‘lsin. Dinimizda belgilab berilgan to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik,- gapirdi prezident.

O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or va rivojlangan davlatlaridan biriga aylanishiga umid bildirdi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyevning kechagi Namangan viloyatiga tashrifi haqida yozgan edi.

Shuningdek