Yanvar oyida 8,2 mln juft paypoq ishlab chiqarildi

eʼlon qilindi
Bu 2023-yilning mos davriga nisbatdan 52,3 foizga ko‘p
Foto: NewAfrica / depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8,2 mln juft paypoq ishlab chiqarildi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 52,3 foizga koʻpdir, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Maʼlumot uchun, 2024-yil yanvar oyida Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalari tomonidan xorijga $250,2 mln mahsulot eksport qilindi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini 14,4 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek