
Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8,2 mln juft paypoq ishlab chiqarildi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 52,3 foizga koʻpdir, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.
Maʼlumot uchun, 2024-yil yanvar oyida Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalari tomonidan xorijga $250,2 mln mahsulot eksport qilindi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini 14,4 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.