“Olmazor” va “Yangihayot” metro bekatlari oʻrtasida bir tomonlama harakat yoʻlga qoʻyiladi

eʼlon qilindi
26-mart kuni
Foto: «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi.

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi «Olmazor» va «Yangihayot» bekatlari oraligʻidagi 26-martdan bir tomonlama qatnov yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi.

Bunga poytaxt metrosida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha olib borilgan profilaktika ishlari sabab boʻldi.

«Shuningdek, “Yangihayot» (4-bekat) va «Chinor» (5-bekat) bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.”, — deya aniqlik kiritdi kompaniya.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent metrosida ikkita yangi bekat ishga tushgani haqida yozgan edi.

Shuningdek