O‘zbekiston san’at muzeyining yangi binosi qurilishi 2024-yilda boshlanadi

eʼlon qilindi
Yapon me’mori Tadao Ando rahbarligida
Rasm: Vikipediya

Joriy yilda Oʻzbekiston sanʼat muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi, deb xabar qildi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi matbuot xizmati.

Hukumat komissiyasi 2020-yil kuzida muzeyni rekonstruksiya qilish konsepsiyasini tasdiqladi. Uning ishlab chiqilishi uchun yaponiyalik me’mor Tadao Ando mas‘ul bo‘lgan, u loyihani tashkil qilish bo‘yicha nazoratni ta’minlaydi.

Muzey atrofini kengaytirish rejalashtirilgan. Xususan, umumiy maydoni 17 ming kvadrat metr boʻlgan koʻrgazma galereyasi quriladi. Hozirgi binoning tomida ikkala binoni bog‘laydigan yashil terassa paydo bo‘ladi.

OʻzR sanʼat muzeyi 1918-yilda tashkil etilgan. Yigirmanchi asrning 30-yillari o‘rtalariga qadar muzey podishox Nikolay Romanovning sobiq saroyida joylashgan edi.

Muzey fondida o‘zbek, g‘arb va rus rassomlari va haykaltaroshlarining rasmlari mavjud. Shuningdek, amaliy san’at asarlari ham taqdim etilgan.

Tadao Ando Pritzker arxitektura mukofoti sovrindori. Uning ishlari orasida Missuri shtatidagi Pulitser san’at markazi binosi, Sikoku-mura muzeyidagi ko‘rgazma zali va Kiotodagi «Times» galereyasi bor.

Avvalroq «Kursiv» Samarqandda «Buyuk Ipak yo‘li» muzeyi paydo bo‘lishini yozgan edi.

Shuningdek