O‘zbekistonda qo‘shiqchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinishi rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Hujjat Senatga yuborildi
Rasm: «Yangi O‘zbekiston»

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi «Ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilar va radioeshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati.

Deputatlarning fikricha, mazkur hujjatning qabul qilinishi respublikaning nufuzi va sarmoyaviy jozibadorligini oshiradi. Konvensiya, shuningdek, O’zR’ning JSTga kirishi doirasida intellektual mulk huquqlari to‘g‘risidagi bitimning bajarilishini ta’minlaydi.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, qabul qilingan qonun loyihasi Senatga tasdiqlash uchun yuborilgan.

Ijrochilar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya ijrochilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Hozirgacha 97 davlat uni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu konvensiyaga Qozog‘iston 2012-yilda, Qirg‘iziston 2003-yilda, Tojikiston 2008-yilda, Turkmaniston 2020-yilda qo‘shilgan.

Avvalroq «Kursiv» Botir Zokirovning noyob qo‘shiqlari vinilda 2023-yilning fevral oyida chiqqanini e’lon qilgan edi.

Shuningdek