Tojikiston prezidenti Crocus City Hallʼda sodir etilgan teraktni sharmandali va dahshatli deb atadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tojikiston prezidenti yoshlarni radikal oqimlar ta’siridan asrashga chaqirdi
Foto: RIA Novosti

Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da sodir boʻlgan terakt «uyatli va dahshatli voqea» boʻlib, bolalar tarbiyasiga eʼtibor berish zarurligini eslatadi, dedi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. Bu haqda «Xovar» axborot agentligi xabar berdi.

«Moskva yaqinida sodir boʻlgan sharmandali va dahshatli voqea har birimizni, ayniqsa, ota-onalarni farzand tarbiyasiga yanada jiddiyroq eʼtibor qaratishimizdan yana bir bor ogohlantirmoqda», — dedi davlat rahbari Dushanbedagi «Quvonch karvoni» marosimida.

Tojikiston prezidenti yoshlarni buzgʻunchi guruh va harakatlar taʼsiridan himoya qilish zarurligini taʼkidladi.

«Yana bir bor taʼkidlaymanki, biz farzandlarimizga tojik millatining yaxshi nomini, tojiklarning suveren davlatini va ularning ota-onalarini obroʻsizlantirishga yoʻl qoʻymasligimiz kerak», — deya qoʻshimcha qildi Imomali Rahmon.

22-mart kuni bir guruh qurollangan odamlar Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir etdi. Keyinroq Bryansk viloyatida bir necha jinoyatchilar qoʻlga olindi. Ular Tojikiston fuqarolari ekani maʼlum qilingan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, konsert zalidagi terakt 137 kishining hayotiga zomin boʻlgan, shuningdek, 180 kishi jarohatlangan. Bu zamonaviy Rossiya tarixidagi Beslan maktabidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan ikkinchi yirik terakt hisoblanadi.

Shuningdek