Farxod Najmiddinov Toshkent shahar Mirobod tumani hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Najmiddinov 1988-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. U hokim o‘rinbosari sifatida kommunikatsiya, qurilish, ekologiya va obodonlashtirish masalalarini ham hal qiladi.
Avvalroq Kursiv 28 yoshli Nosirbek Talipov Mirobod tumani hokimining sarmoya, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgani haqida yozgan edi.