Yangiliklar

27-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutiladi

Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com\

Bugun, 27-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikada yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 20-25 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 21-23 daraja iliq, kechasi 13- 15 iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo kunduzi 10-15 iliq va kechasi 3-8 iliq bo‘ladi.