“Inter RAO” hozircha O‘zbekiston Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib bermaydi

eʼlon qilindi
O‘tkazish quvvati yetarli emas
Rasm: Depositphotos

Rossiyaning «Inter RAO» kompaniyasi Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish masalasi bilan shugʻullangan, biroq hozirda yetarli quvvatning yoʻqligi eksportni boshlashga imkon bermayapti, dedi jurnalistlarga kompaniya boshqaruvi aʼzosi Aleksandra Panina, bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Bir oy avval OAVda «Inter RAO» O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi. Paninaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston tomoni qiziqish bildirgan, biroq hammasi murakkab logistika bilan bogʻliq.

«Inter RAO» 11 davlatga, jumladan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi eksport qiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirganini yozgan edi.

Shuningdek