Italiyada o‘zbek avangardi ko‘rgazmasi ochiladi

eʼlon qilindi
16 va 17-aprel kunlaridan boshlab
Rasm: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Joriy yilning aprel oyi oʻrtalarida Italiyada «Oʻzbekiston: Sahrodagi avangard» badiiy koʻrgazmasi ochiladi, deb xabar bermoqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi.

17-apreldan 29-sentabrgacha Ka-Foskari nomidagi Venetsiya universiteti ko‘rgazmalar zalida va 16-iyundan 30-iyungacha Florensiyadagi Pitti saroyida O‘rol Tansiqboyev, Aleksandr Nikolaev (Usto Mo‘min) va boshqa o‘zbek avangard ustalarining suratlari namoyish etiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston san’at muzeyining yangi binosi 2024-yilda qurilishi boshlanishini yozgan edi.

Shuningdek