Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda poytaxt va viloyatlardagi binolarga oid 157 ta mozaika moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritiladi.
Ushbu qaror ularni «har tomonlama o‘rganish», saqlash, ulardan oqilona foydalanish va mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar va ularning tutash hududlarda amalga oshiriladigan har qanday faoliyat Madaniy meros agentligi bilan kelishilishi kerak.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston san’at muzeyining yangi binosi qurilishi joriy yilda boshlanishi haqida xabar bergan edi.