Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada kuchaytirilgan xavfsizlik choralari yuzasidan ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Oʻzbekiston fuqarolaridan odamlar gavjum joylarga sababsiz bormaslik so‘raldi
Foto: «Izbestiya»

Rossiya federatsiyasida boʻlib turgan yoki borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada joriy etilgan xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda harakatlanishi kerak, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Tashkilot yurtdoshlarimizga shaxsini tasdiqlovchi va Rossiya federatsiyasida qolish yoki ishlash huquqini beruvchi hujjatlarga ega boʻlishga chaqirdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolaridan odamlar gavjum joylarga sababsiz bormasliklari, notanish shaxslar bilan suhbatlashmasliklari va mobil qurilmalarda qonun zid materiallarni saqlamaslikni soʻradi.

Yurtdoshlarimiz muammolarga duch kelganda Oʻzbekistonning Rossiya federatsiyasidagi konsullik idoralari yoki migratsiya agentlik vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Moskva viloyatida sodir boʻlgan teraktdan soʻng Rossiya hududlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Temir yoʻl va aerovokzallar, taʼlim muassasalari, savdo markazlariga ahamiyat beriladi.

Ayrim viloyatlardagi savdo markazlariga metall detektorlar oʻrnatdi va xavfsizlik choralari kuchaytirdi.

Avvalroq «Kursiv» Novgorod viloyatida mehnat muhojirlariga taksi va jamoat transporti haydovchisi sifatida ishlash taqiqlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek