Qarshidan Moskvaga uchgan Rossiya samolyoti boshqa shaharga qoʻnishga majbur boʻldi

eʼlon qilindi
Samolyot Ural Airlines kompaniyasiga tegishli edi
Foto: grand-warszawski/Depositphotos

Ural Airlines aviakompaniyaga tegishli Qarshidan Moskvaga uchayotgan samolyot Yekaterinburgdagi Koltsovo aeroportiga favqulodda qoʻndi. Bu haqda «TASS» aviakompaniyaga tayanib xabar bermoqda.

Buning sababi samolyotning gidro tizimlaridan biridagi datchikning yeyilib ketishi boʻlgan.

Ural Airlines aviakompaniyasi 1943-yilda tashkil etilgan boʻlib, kompaniya 2024-yilning yanvar oyidan boshlab Moskva-Qarshi yo‘nalishida haftasiga uch marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning yanvar oyida chang boʻroni sabab Buxoro aeroporti faoliyati cheklangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek