Rossiyada O‘zbekistonga bahorgi turlarga talab oshdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan mamlakatimizga sayyohlik safarlariga talab 20 foizga oshdi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi Turoperatorlari assotsiatsiyasi.
Ekskursiyalarni sotishni cheklovchi omil – bu yetarli miqdordagi gidlarning yo‘qligi. Boshqacha aytganda, taklif yetarli emas, lekin talab bor.
Assotsiatsiyaning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonga sayohatlar narxi 2023-yil bahoriga nisbatan biroz oshdi: 10-13 foizga.
Shu bilan birga, talabning eng yuqori natijasi fevral-mart oylariga to‘g‘ri keldi, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun eng qulay oy aprel bo‘ldi.
Avvalroq «Kursiv» Yevropaning qaysi davlatlaridan sayyohlar O‘zbekistonga ko‘proq tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.