Xitoy JSTda AQShga shikoyat qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Elektromobillar uchun subsidiyalar tufayli
Rasm: Reuters

Xitoy hukumati Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) elektromobil ishlab chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar yuzasidan shikoyat qildi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligi.

Xitoy Savdo vazirligining bildirishicha, murojaatdan maqsad xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish va «jahon sanoatida adolatli raqobat»ni ta’minlashdir.

Xitoy tomoni AQShning inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha so‘nggi qonuni diskriminatsion, deb hisoblaydi. Hujjat AQShda ishlab chiqarilgan elektr transport vositalarini subsidiyalashni nazarda tutadi. Bu siyosat, Xitoy rasmiylariga ko‘ra, JST tamoyillarini buzadi.

Avvalroq «Kursiv» xitoylik elektromobil ishlab chiqaruvchilari ichki talabning pasayishini eksport orqali qoplamoqchi, deb yozgan edi.

Shuningdek