28-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yo‘gadi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: Piqsels

Bugun, 28-mart kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida, qolgan hududlarida kun davomida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi O‘zgidromet. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

  

Shuningdek