Amazon sun’iy intellektni rivojlantirishga taxminan $3 mlrd sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi
Anthropic startapi moliyalashtiriladi
Rasm: Unsplash

Amerika texnologiya giganti Amazon til modellari va sun’iy intellekt (SI) tizimlarini yaratishga ixtisoslashgan Anthropic startapiga yana $2,75 mlrd sarmoya kiritadi, deb xabar berdi Bloomberg.

Kompaniya birinchi marta 2023-yilda startapga sarmoya kiritishini e’lon qilgan edi. Keyin uni rivojlantirish uchun $1,25 mlrd sarmoya kiritishni rejalashtirishgan.Yangi transh bilan Anthropic kompaniyasini moliyalashtirishning umumiy miqdori $4 mlrd oshadi.

Bundan tashqari, Anthropic Amazonning ma’lumotlar markazlari va kompyuter chiplaridan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Anthropic 2021-yilda SI bozori yetakchisi OpenAI kompaniyasining sobiq xodimlari tomonidan tashkil etilgan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda texnologiya gigantlari sunʼiy intellektning asosiy sarmoyadorlariga aylanganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek