O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari bir-birlariga tashrif buyurishi osonlashadi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi bayonnoma QzR Senati tomonidan ratifikatsiya qilindi
Rasm: AleksTaurus/Depositphotos

QzR Senati yalpi majlisda Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Hujjat imzolash uchun prezidentga yuborildi, deb yozadi «Zakon.kz».

«Protokol bo‘yicha, ikki davlat fuqarolari(Qozog‘iston va O‘zbekiston) yengillashtirilgan tartibda davlat chegarasidan o‘tib 30 kalendar kungacha registratsiyasiz istiqomat qilishlari mumkin bo‘ladi»- deyiladi hujjatda

O‘zaro sayohatlarni soddalashtirish to‘g‘risidagi protokol 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan edi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, har ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida qolish muddati 5 kundan 30 kungacha oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish va sayyohlik agentliklariga ma’lumot almashishga yordam beradigan turizm dasturlarini birgalikda ishlab chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek