Surxon futbolchisi Yegor Krimets raqibini bo‘g‘gani uchun diskvalifikatsiya qilindi

eʼlon qilindi
U ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi
Rasm: Championat.asia

16-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 3-tur oʻyinlaridan joy olgan Surxon – Andijon oʻyinida mezbonlarning himoyachisi Yegor Krimets qizil kartochka bilan jazolandi.

Surxon futbol klubi andijonlik raqiblariga 2:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi va hakam oʻyinni yakunlagandan soʻng Surxon himoyachisi oʻz raqibini boʻyin qismidan boʻgʻgani uchun maydondan chetlatildi. U ikkita o’yinni o’tkazib yuboradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash turniriga yo‘llanma olganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek