Toshkent hokimligi mashinalarni daraxtlar tagida qoldirmaslikga chaqirdi

eʼlon qilindi
Kuchli shamol tufayli
Foto: Uzb Meteo

Toshkent hokimligi poytaxt aholisini kuchli shamol tufayli avtomobillarini daraxtlar tagida qoldirmaslikka chaqirdi.

Shuningdek, shahar hokimligi fuqarolardan o‘zlarini va yaqinlarini ehtiyot qilishni so‘radi.

«Favqulodda vaziyatlarda siz 1050 va 1055 raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin», — deya ta’kidladi hokimiyat.

Tashkent Land Telegram-kanali poytaxt ko‘chalaridan birida ko‘p yillik daraxt Cobalt ustiga qulab tushgani haqida xabar berdi.

Avvalroq Kursiv bugun, 28-mart kuni Toshkentda yomg’ir va shamol kuchayishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek