Toshkent ko‘chalaridan biri to‘sib qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Sababi — temir yo'ldagi ta'mirlash ishlari
Foto: Piqsels

Toshkentda Yunusobod tumanidagi ko‘chalardan biri qisman to‘sib qo‘yiladi, deb xabar berdi shahar hokimligi.

28 mart soat 21:00 dan 29 mart soat 06:00 ga qadar Temur Malik ko‘chasida Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Sababi Salar va Hojikent stansiyalari oʻrtasidagi temir yoʻl kesishmasidagi muammolarni bartaraf etish.

Avvalroq Kursiv Toshkent rasmiylari jamoat transportida yurishi shart bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek