UzAuto Motors Labo avtomobillari uchun onlayn shartnomalar qabul qilishni boshlaydi

eʼlon qilindi
Kontraktatsiya 29-mart kuni soat 10:00 da ochiladi
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilganligini maʼlum qiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, 29-mart soat 10:00 dan boshlab 18 ming dona Chevrolet Labo avtomobili uchun onlayn-shartnoma tuzish boshlanadi.

Kompaniyaning qayd etishicha, avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolgan. Ma’lumot uchun, Labo’ning narxi 84,5 million soʻmdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. UzAutoSavdo ilovasi va Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumotni taqdim etadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yigʻilgan KIA Sonet joriy yilning 10-aprelidan boshlab sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek