O‘zbekiston maktablarida yangi fan paydo bo‘ladi

eʼlon qilindi
O‘quvchilarga rangtasvir, dizayn va kino haqida ma'lumot beriladi.
Rasm: ArturVerkhovetskiy/Depositphotos

O‘zbekiston hukumati maktablarda o‘qitiladigan fanlar ro‘yxatini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. «Tasviriy sanʼat va chizmachilik» oʻrniga «San’at» fani kiritiladi, deb xabar qildi prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Yangi fan maktab o‘quvchilarining rasm chizish ko‘nikmalarini rivojlantiribgina qolmay, ularga rangtasvir, haykaltaroshlik, dizayn, hunarmandchilik va kinematografiya tarixi va nazariyasini ham o‘rgatadi.

Bu mavzu bir kun avval mamlakat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda muhokama qilingan edi.

Tadbirda O‘zbekiston milliy san’ati haqidagi ma’lumotlarni yoshlarga yetkazish muhimligi haqida alohida so‘z yuritildi. Maktab va mahallalarda Madaniyat kunlari, tematik konsertlar o‘tkazishga qaror qilindi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda maktab imtihonlarini topshirish tartibi o‘zgartirilishini yozgan edi.

Shuningdek