O‘zbekiston haydovchilar uchun uchta ekologik zonaga bo‘linadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Mashinalar tegishli rangdagi stiker bo'lsagina ma'lum bir zonada harakatlana oladi
Foto: «Kursiv»

O‘zbekistonda 2030-yilgacha hududlar uchta ekologik zonaga bo‘linadi – «toza» (yashil zonalar), «o‘rta» (sariq) va «zararli» (qizil). Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytildi.

Mashinalar tegishli rangdagi stiker bo’lsagina ma’lum bir zonada harakatlana oladi. Ushbu qoidalarni buzgan haydovchilar kompensatsiya to’laydilar.

Birinchi bosqichda ushbu tizim Toshkent shahrida (2024-2026), ikkinchi bosqichda Nukus va viloyatlar markazlarida (2026-2028), uchinchi bosqichda esa qolgan barcha hududlarda (2028-2030) joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu hujjatda elektromobillar va yangi avtomobillar diagnostikasiz «yashil» stikerlarni olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek