Tolimarjon IESdagi nosozlik oqibatida beshta viloyatda elektr ta’minoti uzilib qoldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
25 daqiqadan so‘ng zaxira manbalar yordamida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
Foto: Energetika vazirligi

30-mart kuni Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida nosozlik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Bu Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qisqa muddatli uzilishlarga olib keldi.

25 daqiqadan so’ng, zaxira manbalar yordamida elektr ta’minoti to’liq tiklandi. Hozirda nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha maxsus guruh ishlamoqda.

28-mart kuni shamol Toshkent viloyatining 12,5 mingdan ortiq aholisini elektr energiyasisiz qoldirdi.

Shuningdek