«Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi bahorgi issiq suvning ikkita rejali o‘chirilishi haqida xabar berdi — jadval

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘chirish holatlari 31-maygacha bo‘lib o‘tishi mumkin
Foto: Piqsels

«Veolia Energy Tashkent» iste’molchilari joriy yilning bahorida olti kun davomida issiq suvsiz qoladi. Kompaniya matbuot xizmati rejalashtirilgan ikkita uzilish haqida xabar berdi.

«Biz ta’mirlash va profilaktika ishlarini, jumladan, klapanlarni almashtirish, tarmoq nasoslarini to’liq tekshirish hamda almashtirish, elektr ta’minoti tizimlarini tekshirish, qozonxonalarning quvurlari va tegishli jihozlarini demontaj qilish va o’rnatish, shuningdek, issiqlik almashtirgichlarda profilaktik ishlarni amalga oshiramiz», — deb ta’kidladi kompaniya matbuot xizmati.

Birinchi oʻchirish 1 apreldan 31 maygacha boʻlgan muddatga moʻljallangan va ikki kun davom etadi. Jadval bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bundan tashqari, barcha uchta issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonaning (Toshkent Issiqlik Markazi, Toshkent IES, Veolia Energy Tashkent) markaziy qozonxonalarini to‘xtatish ham rejalashtirilgan. 15 apreldan 31 maygacha issiq suv to’rt kun davomida mavjud bo’lmaydi.

O’chirish jadvali keyinroq e’lon qilinadi.

Shuningdek