O‘zbekistonda taksi bozorining o‘sishi ikki yillik tezlashuvdan keyin sekinlashmoqda
Statista tahliliga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda taksi operatorlarining daromadi $63,16 mln tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 30,4 foizga ko‘pdir.
Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti qachondan oʻchirilishi maʼlum qilindi
Toshkentda isitish mavsumi 26-mart kunidan yakunlanishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimiyati.
O‘zbekistonda yiliga necha tonna oltin qazib olinadi
O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi yiliga 100 tonnani tashkil etadi. Ammo bu hajmning atigi 6 foizi qayta ishlanadi. Bu haqda O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Gavhar grup» zargarlik fabrikasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Nima uchun BYD Oʻzbekistonga elektromobil olib kirishga cheklovlar joriy etishni soʻradi
Xitoyning BYD kompaniyasi vakili Ivan Sao Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda BYD elektromobillari iqlim va yoʻl sharoitlariga mos kelmasligi sababli importni cheklash toʻgʻrisidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston G7 davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov G7 (Katta yettilik) mamlakatlari elchilari bilan uchrashib, hamkorlik yo‘llarini muhokama qildi, deb xabar qildi oʻzbekistonlik diplomat oʻzining Telegram-kanalida.
O‘zbek «Bilimlar bog‘i» Expo Osaka 2025 ko‘rgazmasida paydo bo‘ladi
Oʻzbekiston 2025-yilda Osakada boʻlib oʻtadigan Butunjahon koʻrgazmasida ishtirok etadi, deb xabar qildi mamlakat madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi.
O‘zbekistonning qaysi banklari raqobatchilardan ko‘ra muvaffaqiyat qozonadi
S&P reyting agentligi respublikaning qaysi moliya institutlari bozorda yaxshiroq raqobatlasha olishi haqida prognoz qildi. Bu haqda «Bank sektorining mamlakat va tarmoq risklarini baholash: Oʻzbekiston Respublikasi» yangi hisobotida ma’lum qilingan (hisobot «Kursiv»da mavjud).
Metan «zapravka»larda narxlar qanday oshishi mumkinligi ma’lum bo’ldi
1-apreldan suyultirilgan gaz uchun aksiz solig‘i 96,5 ming so‘mga ko‘tarilgani tufayli metan «zapravka»larda ham narxlar oshishi kutilmoqda. «Kursiv» jurnalisti bu xabarga aniqlik kiritish uchun yonilg‘i quyish shoxobchalariga murojaat qildi.
O‘zbekistonda yig‘ilgan KIA Sonet aprel oyidan sotuvga chiqariladi
O‘zbekistonda yig‘ilgan KIA Sonet krossoverining sotuvi 10-apreldan boshlanadi, deb xabar berdi ADM Jizzax matbuot xizmati. «Kursiv» avtomobillarning narxi haqida yozgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash turniriga yo‘llanma oldi
O‘zbekistonlik futbolchilar gonkonglik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, 2026-yilgi jahon chempionatining (JСh) uchinchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
Bozordagi vaziyat: neft narxi pasayishni boshladi
Chorshanba kungi auksionda neftning jahon narxlari Amerika rasmiylarining xomashyo zaxiralari ortgani haqidagi xabarlari tufayli tushib ketdi, deya xabar beradi Trading Economics portali.
Oʻzbekistonda 1-iyuldan katta yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida video-fotoradarlar oʻrnatiladi
Oʻzbekistonda 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldiga, koʻp YTH sodir boʻladigan joylarga video-fotoradarlar oʻrnatiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori imzolandi.
Oʻzbekistonda binolardagi mozaikalar madaniy meros obyekti sifatida eʼtirof etildi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda poytaxt va viloyatlardagi binolarga oid 157 ta mozaika moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritiladi.
Kompaniyalar uchun majburiy markirovkalashning afzalliklari nimada?
Raqamli markirovkalash Oʻzbekistonda mahsulot aylanma bozorining shaffofligini taʼminlaydi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasining Mahsulotlar markalanishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ahmadbek Fayziev.
Turkiya 160 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga kirishini taqiqladi
2024-yilning yanvar-fevral oylarida 163 nafar O‘zbekiston fuqarosiga Turkiyaga kirish taqiqlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Rossiya gazining Oʻzbekistonga yetkazib berilishiga talab ortib bormoqda — Qozogʻiston Energetika vazirligi
Qozogʻiston hukumati Rossiya gazining Oʻzbekistonga tranzitiga talab ortib borayotganini aytdi. Bu haqda Qozogʻiston respublikasi Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev maʼlum qildi.
Nega O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish yana bir bor surildi
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidentning yaqinda qabul qilingan qarorida aytilgan. Ilgari bu tadbir 2022-yilda o‘tkazilishi kerak edi, keyin esa 2023-yilga ko‘chirildi, ammo oxir-oqibat amalga oshmadi. 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Statistika agentligi vakili sabablarni aytib o‘tdi.
Usmonov Germaniya prokuraturasini jinoiy ishda aybladi
Asli oʻzbek boʻlgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov, uning fikricha, Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahri Bosh prokuraturasi tomonidan sodir etilgan jinoiy huquqbuzarlik yuzasidan bayonot berdi, deb yozadi Forbes nemis nashrlariga tayanib.
Moskvadagi teraktdan keyin migrantlar ustidan nazorat kuchaytirildi — BBC
Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan teraktdan soʻng xorijliklar tomonidan Rossiyaga kirish qoidalari buzilishi boʻyicha Moskva sudlari koʻproq qarorlar chiqara boshladi, deb xabar bermoqda BBC rus xizmati.
Air Samarkand Dubay, Jidda va Tbilisiga parvozlarni rejalashtirmoqda
Air Samarkand kelgusi oylarda Dubay, Jidda va Tbilisiga parvozlar amalga oshirish niyatida, deb xabar beradi «Kursiv»ga aviakompaniya matbuot xizmati.
Toshkentda shamol daraxtlarni qulatmoqda va avtomobillarga zarar yetkazmoqda — foto va video
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qulagan daraxtlar va singan avtomobillar aks etgan surat va videolarni tarqatmoqda.
Dollar kursi yangi cho‘qqini egalladi
28-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 19,95 so‘mga ko‘tarildi va 12 620,09 so‘mni tashkil qildi.
Labo tugadi, shartnomalar qolmadi
UzAuto Motors kompaniyasi Labo avtomobili uchun shartnomalar yakunlangani haqida xabar berdi. 29-mart kuni taxminan bir soat ichida 18 ming shartnoma tuzildi.
Prezident uch nafar hokim o‘rinbosarini ko‘chat ekmagani uchun ishdan bo‘shatdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» loyihasining amalga oshirilishini tanqid qilib, uch nafar mansabdor shaxsni ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Avtomobillar uchun ekologik stikerlar qachon chiqarila boshlaydi?
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab «ekologik transport» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Barcha transport vositalaring atrof-muhitga ta’sir darajasi baholanadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra avtomobillarga ekologik stikerlar beriladi.