Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingida yuqoriga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
To‘rtinchi o‘rinda
Rasm: FIDE

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2700chess.com portalining 31-martga ko‘ra dunyoning eng kuchli shaxmatchilarining yangilangan reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Abdusattorov 2765 ball jamg‘argan. Uni norvegiyalik Magnus Karlsen (2830), amerikalik Fabiano Karuana (2803) va Hikaru Nakamura (2789) ortda qoldirishmoqda.

Ayollar bo‘yicha birinchi uchlik shunday ko‘rinadi: xitoylik Ju Venjun (2559) va Xou Yifan (2632) va rossiyalik Aleksandra Goryachkina (2553).

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi turnir Torontoda 4-21 aprel kunlari (tay-brek bo‘lsa, 22-aprelgacha) bo‘lib o’tadi. Ochilish marosimi 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» Abdusattorov musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganda «Praga Master» turnirida muddatidan avval g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek