O‘zbekiston O‘monga ilk bor holva yetkazib berdi

eʼlon qilindi
Eksport hajmi 150 kg ni tashkil etdi
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

O‘mon Qo‘qondan holvaning sinov partiyasini import qildi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Bu haqda O‘zbekiston Avvali kompaniyasi rahbari Abdulatif Xolmatov va O‘moning East Coast Jewels MChJ rahbari Yaser al-Nabhani o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida kelishuvga erishildi.

«Dunyo» nashrining yozishicha, sinov partiyasining hajmi 150 kg.

“Ta’mi va qadoqlarning did bilan bezatilgani nuqtai nazaridan ushbu mahsulotlar yuqori sifat darajasiga ega. Biz o’zbek holvasi tez orada O’monda xaridorgir mahsulotlar qatoridan o’zining munosib o’rnini egallashiga ishonamiz», – dedi Yaser al-Nabhani.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga mosh loviyasining sinov partiyasini eksport qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek