Qashqadaryoda sambo boʻyicha Jahon chempioni otib ketildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bosh prokuratura ma'lum qildi
Foto: Olamsport

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida faxriylar oʻrtasida sambo boʻyicha jahon chempioni Toʻra Avlaqulov tanishi tomonidan otib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bildirilishicha, voqea 29-mart kuni ulfatlarning kafeda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda bazm pulini toʻlash ustida tortishib qolgan. Shundan soʻng, fuqaro avtomobilidagi temir quvurdan qoʻlbola usulda yasalgan qurolni olib, sherigining boshiga bir marta oʻq uzgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, sherigiga oʻq uzgan fuqaro hodisa joyidan qochmoqchi boʻlib, avtomobilida ketayotgan paytda voqea joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda boʻlgan IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Tibbiy xulosaga natijalariga koʻra, Avloqulovga ogʻir bosh miya jarohati, bosh suyagi ichida metall va suyak zarralari aniqlangan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, sportchi 31-mart kuni vafot etdi.

Avvalroq «Kursiv» Andijon shahrining sobiq hokimi qamoqxonada vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek