Toʻrtta bank ustav kapitalini minimal talab darajasiga yetkazmagan — Bankers.uz

eʼlon qilindi
Ular orasida Garant bank va Yangi bank ham bor
Foto: NeydtStock/Depositphotos

Oʻzbekistondagi toʻrtta banki respublika Markaziy bankining 1-aprelgacha tijorat banklari ustav kapitalini 350 milliard soʻmga oshirish toʻgʻrisidagi talabini hanuzgacha bajarmagan. Bu haqda Bankers.uz portal xabar bermoqda.

Garant va Yangi bank vakillari Bankers.uz’ga maʼlum qilishlaricha, ustav kapitalini belgilangan miqdorgacha oshirish choralarini koʻrmoqda.

Poytaxt bank xususiylashtirish bilan bog‘liq muzokaralarga tayyorlanmoqda va ustav kapitalini oshirish boʻlajak investor oldiga qoʻyiladigan talablardan biri boʻladi. Shuningdek, Eron Soderot banki ham regulyatorning talablarini haligacha bajarmagan.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri (KTYDR) maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Yangi bankning ustav kapitali 200 milliard soʻmni, Garant bank – 230 milliard soʻm, Poytaxt bank – 100 milliard soʻm, Soderot bank – 64,1 milliard soʻmni tashkil qiladi.

Avvalroq «Kursiv» 2025-yilning oxirigacha Oʻzbekiston hukumati uchta bankni xususiylashtirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek