Uzbekistan Airways Toshkentdan Rimga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi
Foto: UzAirways

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Italiya poytaxti Rimga muntazam reyslarni amalga oshira boshladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent-Rim oʻrtasida birinchi parvoz 31-mart kuni amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, COVID-19 pandemiya davrida Toshkentdan Rimga muntazam aviaqatnovlar toʻxtatilgan edi. Lekin bu yil mavsumiy parvozlar asosida tiklandi va endi har yakshanba amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways Vyetnamning Nya Chang shahriga parvozlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek