Bugun oltin quymalarini qayerdan va qanchaga sotib olish mumkin

eʼlon qilindi
Markaziy bankning Telegram boti orqali sizga eng yaqin manzilni bilib olishingiz mumkin
Rasm: Egypt Gold

Bugun, 2-aprel kuni oltin quymalari narxi o‘sishda to‘xtagani yo‘q. Besh grammlik oltin quyma narxi 4,72 million so‘mni tashkil etadi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

Oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.

10 grammlik oltin quymaning narx i — 9,44 mln so‘m, 20 grammlik esa — 18,88 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Manba: MB matbuot xizmati

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari deyarli $2,4 mlrd kamayganini e’lon qilgan edi. Oltin zahiralarining qiymati $24 mlrd baholangan bo’lsa, yanvarda bu ko’rsatkich $24,6 mlrd , fevralda esa $24,9 mlrd tashkil qilgan.

Shuningdek