Toshkent hayvonot bog‘iga chiptalar narxi oshdi

eʼlon qilindi
5 ming so'mga
Foto: Piqsels

Toshkent hayvonot bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun narxlarni oshirdi, deb xabar berdi bog‘ matbuot xizmati.

2-apreldan boshlab 16 yoshdan oshgan tashrifchilar uchun kirish chiptasi 40 ming so‘mni tashkil qiladi. Harbiy xizmatchilar, pensionerlar va yetti yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 25 ming so‘m.

Narxlar 5 ming so‘mga oshdi. Bu hayvonlarni saqlash xarajatlarining oshishi bilan bog‘liq, deya aniqlik kiritdi hayvonot bog‘i ma’muriyati.

Nogironlar va etti yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kirish bepul.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent hayvonot bog‘iga asosiy kirish joyi rekonstruksiya qilish uchun vaqtincha yopilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek