Yangiliklar

Oltin narxi hali bunday ko‘tarilmagan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Depositphotos.com

Jahon bozorlarida oltin narxi tobora oshib bormoqda, O‘zbekistonda ham oltin quymalar narxi tezda o‘sib bormoqda.

Respublika Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 3-aprel kuni besh grammlik oltin quymaning qiymati 4,83 mln so‘mni tashkil qildi. Oltin kechagi narxdan 2,4 foizga qimmatlashgan. O‘zbekistonda quyma hech qachon bunchalik qimmat bo‘lmagan.

Manba: Respublika MB

LBMA grafigi bo‘yicha 28-mart kuni bir troy unsiya $2,2 ming edi, 2-aprel kuniga kelib $2,26 minggacha (kechki fiksing) ko‘tarildi.

Oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.