Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda yoʻl qurilishiga $240 mln yoʻnaltiradi

eʼlon qilindi
840 kmdan ko‘proq
Foto: Piqsels

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonda «Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish» loyihasini amalga oshirish uchun $240 million ajratadi. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

2-mart kuni Shavkat Mirziyoyevga yoʻl qurilishi boʻyicha rejalar taqdimot qilindi.

Taqdimot loyihasiga koʻra, OTB 770 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududlarda sement-beton qoplamali 841 km yoʻllar quriladi.

Qurilish hamda texnik nazorat ishlari toʻliq mahalliy pudratchilar – xususiy tadbirkorlar va mahalliy muhandislar tomonidan amalga oshiriladi. Yoʻllar besh yil davomida asosiy pudratchi tomonidan kafolatlangan texnik xizmat koʻrsatishda qolishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Namangan viloyatida uzunligi salkam 500 metr bo‘lgan koʻprik qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek