O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishlashga taklif qilishdi

eʼlon qilindi
Maosh 2,6 ming yevroga boradi
Rasm: Unsplash

O‘zR Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniyada ishga joylashish imkoniyatlari haqida gapirdi. O‘zbekiston fuqarolari oylik ish haqi 2,3 dan 2,6 ming yevrogacha bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga kirishlari mumkin.

Germaniyada qishloq xo’jaligi sohasida ish haqi 2350 yevroni tashkil qiladi. Elektriklar 2400 yevro, mehmonxona xizmatchilari 2600 yevro olishlari mumkin bo‘ladi.

Ishga kirish uchun nemis tili sertifikati talab qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolariga chet tillarini o‘rganish xarajatlari qoplanishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek