Jahon oltin kengashi (WGC) hisobotiga koʻra, joriy yilning fevral oyida Oʻzbekiston Markaziy banki 12 tonna oltin sotib, ushbu davrda eng koʻp qimmatbaho metall sotgan tashkilotga aylandi.
Shuningdek, oʻtgan oyda Iordaniya Markaziy banki 4 tonna oltin sotgan.
Oltinning asosiy xaridorlari boʻlsa, Xitoy Xalq banki – 12 tonna, Qozogʻiston Milliy banki – 6 tonna boʻldi. Shuningdek, Turkiya Markaziy banki oltin zaxiralarini 4 tonnaga oshirdi.
Umumiy hisobda, markaziy banklar fevral oyida 19 tonna oltin sotib oldi, bu mart oyiga nisbatan 58 foizga kamaydi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston $1,3 milliard oltin eksport qilgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga koʻpdir.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2,3 milliardga kamaygani haqida xabar bergan edi.