Qancha O‘zbekiston fuqarolari telefondan foydalanadi?

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonda oʻn yoshdan oshgan fuqarolarning 99,1 foizi telefondan foydalanadi, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Agentlikning qayd etishicha, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 95,7 foiz, 2022 yilda esa 97,8 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 2,6 millionga yaqin telefon import qilingan. Umportning moliyaviy hajmi — 178,2 mln dollar.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 420 dona smartfonning noqonuniy savdosining oldi olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek