Yunusobod tumaniga $600 million sarmoya jalb etilishi mumkin – Shavkat Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Shuningdek, 35 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi
Foto: Facebook’dagi «Moy Yunusabad» sahifasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga $600 million sarmoya jalb etish, 35 mingda yangi ish oʻrni yaratish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Shahar hokimiga xorijdagi yirik shaharlarning sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal sohalaridagi ijobiy tajribasini Toshkentda joriy qilish topshirildi.

Bungacha Mirziyoyev Yunusobod tumani misolida aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlar muhimligini taʼkidlagan edi.

Prezident aholi daromadini oshirish boʻyicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi.

«Soʻnggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta oʻzgarishlar boʻldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish oʻrinlari 20 mingtaga koʻpaydi», – dedi davlat rahbari.

Avvalroq «Kursiv» Amir Temur shoh koʻchasidagi davlat idoralari oʻrnida savdo markazlari qoʻrilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek