Bir necha davlat Ixtisoslashtirilgan maktablarida fanlar chet tilida o‘qitilishi belgilandi

eʼlon qilindi
O‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi
Rasm: Unsplash

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda fanlarni chet tillarida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi, bunday qaror respublika prezidenti tomonidan imzolandi.

«Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra 2004/2025 o‘quv yilidan boshlab agentlik tizimidagi ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi», — deyiladi hujjatda.

Chet tilida o‘qitilishi mumkin bo‘lgan fanlar qatoriga matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar va informatika kiradi.

Ushbu fanlar o‘qituvchilaridan B2 dan past bo‘lmagan darajada chet tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikatlar bo‘lishi talab qilinadi. Pedagoglarga ish haqiga qo‘shimcha to‘lanadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolariga chet tillarini o‘rganish xarajatlari qoplanishini yozgan edi.

Shuningdek