Mahtumquli ko‘chasida 15 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi – video

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan
Rasm: Ijtimoiy tarmoqlar

4-aprel kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi soat 11:00da «KamAZ» yuk mashinasi va 14 ta yengil avtomobil: uchta Cobalt, ikkita BYD, uchta Lacetti, shuningdek, Tracker 2, Spark, Damas, Nexia 2, Nexia 3 va Cherry avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan.

YHXB xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek