O‘zbekistonga yil boshidan buyon 17,5 mingdan ortiq avtomobil import qilindi

eʼlon qilindi
Ularning umumiy qiymati 380 million dollardan oshdi
Foto: Piqsels

2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 17,5 mingdan ortiq yengil avtomobil olib kirildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12,5 ming kishiga koʻpdir.

Import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 383,1 million dollarni tashkil etdi. Har bir avtomobil o‘rtacha 21,8 ming dollarga baholanmoqda.

Avtomobillarning asosiy qismi Xitoy, Janubiy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan olib kelingan.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston 3,5 mingta elektromobil import qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek