Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Seulga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻymoqchi

eʼlon qilindi
Aeroroutes ma'lumotlariga ko'ra, muntazam parvozlar iyun oyidan yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Transport vazirligi

Qanot Sharq Toshkentdan Seulga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda aviakompaniyaning mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati «Kursiv» muxbiriga xabar berdi.

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati Oʻzbekiston va Janubiy Koreya poytaxtlari oʻrtasida aviaqatnovlarni boshlanish vaqti haqida hozircha aniq maʼlumotga ega emasligini taʼkidladi.

Aeroroutes portalining xabar berishicha, Qanot Sharq joriy yilning 2 iyunidan muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyi boshidan Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi Toshkent va Seul oʻrtasidagi parvozlarni toʻxtatgan edi. Bunga sabab qilib, savdolarning pasayishi va aviakompaniya siyosatining oʻzgarishi koʻrsatilgandi.

Avvalroq «Kursiv» Asiana Airlines aviakompaniyasi may oyidan boshlab Toshkent va Seul oʻrtasidagi reyslar sonini haftasiga uch martadan toʻrt martagacha oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek